Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat sabab 140 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat sabab 140 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Qirg‘izistonning Botken viloyatining chegara hududlaridan 136 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyat rahbarining birinchi o‘rinbosari Marufxon To‘layev ma’lum qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Botken va Leylek tumanlari chegaradosh qishloqlarining barcha aholisi xavfsiz joylarga ketishga majbur bo‘lgan.

«Ular O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimligi ruxsati bilan  So‘x anklavidagi yo‘lak orqali olib chiqildi», – deb yozmoqda «Sputnik Qirg‘iziston» nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa So‘x anklavida yashovchi o‘zbekistonliklarning qochib o‘tayotgan qirg‘iz fuqarolariga non  tarqatayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvda 24 kishi halok bo‘ldi, 103 nafari yaralandi.

Tojikiston tomoni jabrlanganlar haqida ma’lumot bermadi.

Ayni vaqtda Qirg‘iziston va Tojikiston MXDQ rahbarlari chegaradagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yangi muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan.

Uchrashuvning Isfara tumani, Qulkand mahallasida bo‘lib o‘tayotganini xabar qilindi. Unda har ikki davlatning Milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari – Saymumin Yatimov va Kamchibek Tashiyevlar qatnashmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring