Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz-o‘zbek chegara o‘tish punktida 4 nafar harbiy qo‘lga olindi

Qirg‘iz-o‘zbek chegara o‘tish punktida 4 nafar harbiy qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston bilan chegara hududida to‘rt nafar harbiy qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16-may kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatining «Qaytpas» va «O‘tukchu» nazorat-o‘tkazish punktlarida tintuvlar o‘tkazib, 4 nafar harbiy xizmatchilarni qo‘lga olgan. Ular chegara punktida tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan.

Qirg‘iziston MXX matbuot xizmati xabar berishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 337-moddasi «Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish» bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida harbiy xizmatchilar oldindan pora olgani ma’lum bo‘lgan.

«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining «Qaytpas» va «O‘tukchu» nazorat-o‘tkazish punktlari harbiy xizmatchilari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, davlat xizmati manfaatlariga zid ravishda, g‘arazli niyatlarni ko‘zlab, qonunga xilof ravishda moddiy manfaat olish maqsadida, nazorat-o‘tkazish punktlaridan o‘tayotgan odamlarni umidsiz ahvolga solib, Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi uchastkasidan to‘siqsiz o‘tish uchun fuqarolardan tizimli ravishda noqonuniy ravishda 50 dan 1000 som (taxminan, 6 mingdan 130 ming so‘m) pul undirishgan», — deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining 4 nafar harbiy xizmatchisi qo‘lga olinib, Botken tumani IIB huzuridagi TIVga joylashtirilib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring