Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qilichbozlikni rivojlantirish va ommaviylashtirish, qilichbozlikning nufuzini oshirish hisoblanadi, deyiladi Adliya xabarida.
Shuningdek, Konfederatsiya Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE)ning boshqa sub’yektlari bo‘lgan qilichbozlik federatsiyalari bilan o‘zaro aloqalar va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifalarini ham amalga oshirishi ham belgilab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter