Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxs topildi

Qidiruvdagi shaxs topildi

Majburiy ijro byurosi organlari qidiruvidagi aliment to‘lovidan qochib yurgan shaxslar soni hozirda 3050 nafardan oshgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2014 yil 11 apreldagi qarzdor S.Q.dan undiruvchi X.Q.ning foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandining 1/3 miqdorida aliment belgilash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sardoba tumani bo‘limi ish yurituviga 2014 yil 25 aprelda kelib tushgan va «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdorning mulkiy ahvolini o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Qidiruvdagi qarzdor S.Q.ni yashash manzilidan topishni imkoni bo‘lmaganligi hamda uning hozirda yashayotgan manzili to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emasligi sababli 2021 yil 29 iyunda unga nisbatan Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilinib, MIB-portal elektron dasturiga kiritilgan.

Qidiruvda bo‘lgan qarzdor 2023 yil 25 oktyabrda Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Toshkent traktor zavodida joylashgan «Ecobozor» savdo majmuasi hududidan topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan va unga nisbatan yuritilgan qidiruv harakatlari tugatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring