Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda birovning uyini 180 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» aniqlandi

Qibrayda birovning uyini 180 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. 

Unda fuqaro F.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududida joylashgan fuqaro N.E.ga tegishli uy ancha vaqt davomida qarovsiz qolganligidan va hech kim yashamayotganligidan foydalanib, F.U.ni otasining nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashib, 180 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring