Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi
![Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2312028791.jpg)
Joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to‘xtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Hozirda yong‘in bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma’muriyati uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter