Qaysi vitaminlarni ertalab iste’mol qilish mumkin emas?
Oziq qo‘shimchalar kunning qaysi paytida qabul qilinishi ahamiyatlimi? «Eat this, Not that» nashri so‘roqqa tutgan mutaxassislarning aytishlaricha, ha. Ertalab, nonushtadan avval darmondorilar (vitaminlar) qabul qilish oshqozon-ichak traktining buzilishiga olib kelishi mumkin ekan.
Qaysi vitaminlarni ertalab iste’mol qilish yaramaydi?
A, D, E va K vitaminlarini, yog‘da erigani uchun, och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, D va boshqa vitaminlarni yog‘li ovqatlardan keyin iste’mol qilish kerak.
Shifokorlar uyqudan oldin magniy qabul qilishni tavsiya etishgan, chunki u o‘ziga xos uyqudori ham hisoblandi. Sport bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlardan avval oziq qo‘shimchalardan tiyilishgani ma’qul.
Har qanday dori yoki darmondorini iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter