Qaysi viloyatdan eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.
Shundan:
- 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
- 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
- Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
- Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
- Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
- Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
- Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
- Andijon viloyati — 79 235 nafar.
- Namangan viloyati — 77 607 nafar.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
- Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
- Toshkent shahri — 68 545 nafar.
- Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
- Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
- Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
- Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter