Qaysi millat qanday «Allo» deydi?
Telefon qo‘ng‘iroqlari hozirgi kunda asosiy vaqt o‘g‘risiga aylanib qolgan. Har kuni kimdir qo‘ng‘iroq qiladi, unga javoban «allo» deb javob beramiz. Xo‘sh, boshqa millatlarda bu so‘zni qanday aytishadi?
O‘zbekistonda uning muqobili bor: labbay, eshitaman. Bu so‘zlarda ko‘pchilik foydalanadi. Balki o‘z ona tilini hurmat qilgani uchundir, balki ajnabiy so‘zni ishlatishni istamaganidandir. Shuningdek, qo‘shni Tojikiston odamlari ham shunday so‘zlarni ishlatishadi.
Armanistonda telefon muloqoti «lsum em», ya’ni «slushayu», deb boshlanadi.
Bolqon yarimorolida, bosniyaliklar, serblar, xorvatlar va chernogoriyaliklar «molim» degan so‘zni ishlatadi.
Germaniyada esa ingliz tilidan ilhomlanib «xellou» deyishadi, orada «ya» — «ha», deb familiyalarini ham aytishadi.
Niderland va shveysariyaliklar «xoy» deb nomlangan do‘stona salomlashuvni ma’qul ko‘rishadi.
Yunonlar «embros» — «olg‘a» yoki «parakalo» — «iltimos» kabi talqinlardan foydalanishadi.
Isroil xalqi esa o‘sha mashhur «shalom» degan salomlashuv so‘zini ishlatadi, buning ma’nosi «tinchlik» degani.
Ispaniyada go‘shakni ko‘targan tomon «diga» yoki «digame», deydi, ya’ni «gapiring» ma’nosida.
Italyanlar telefon qo‘ng‘irog‘iga «pronto» — «tayyor» deb javob berishadi.
Xitoyda odamlar muloqotni «vey» — «gapiring» deb boshlaydilar.
Eng qiziq talqin Koreyada ekan, ular «yebosee», ya’ni «bu yoqqa qaranglar» deb javob berishadi.
Meksikada esa qo‘ng‘irog‘ingizga «bueno» deb javob berishadi, uning ma’nosi «yaxshi» degani.
Turklar «efendim» deb go‘shak ko‘tarishadi, bu «taqsirim, afandim» degan ma’nolarda qo‘llaniladi.
Kunchiqar yurt vakillari yaponlar telefonga «mosi-mosi» deb gapirishadi, bu «gapiraman» deganidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter