Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikol Pashinyan O‘zbekiston prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Nikol Pashinyan O‘zbekiston prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Armaniston Hukumati rahbari O‘zbekiston yetakchisini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlarni va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Amaliy hamkorlikni ilgari surishning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va yetakchi korxonlarni faol jalb qilgan holda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishdagi mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muloqotni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring