Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq yoki qora mashina — farqi yo‘q, muhimi, boshqa narsa...

Oq yoki qora mashina — farqi yo‘q, muhimi, boshqa narsa...

Foto: «Avto 24»

Qaysi avtomashinalar jazirama issiqda kamroq qizishini aniqlash maqsadida, belarus portali sinov o‘tkazdi.

Hammaga ma’lum bir gap bor: oqish tusli mashinalar qoramtirlariga qaraganda issiq havoda kamroq qiziydi. Lekin bu shunchaki nazariya, jazirama issiq kunlardan foydalanib, sinovchilar uning amalda qanchalik to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishdi. Qarangki, rost ekan, ammo qisman, chunki «xalqona nazariya» kuzovdan nariga o‘tmadi...

Pirometr oq rangli mashinalarning tomi 46 darajagacha qiziganini ko‘rsatdi. Mashinalarning kumush ranglilari — 49 dan 56 gacha, tillarang-jigarrang tuslilari — 59 gacha, ko‘k ranglilari — 61 gacha, qora mashinalar — 67 dan 75 darajagacha qizigan. Biroq... oqish va qoramtir mashinalarning kuzov metallaridagi qizish bo‘yicha katta farq ularning salonlarida uncha sezilmagan.

Sinovlarda oftob nurida turgan mashinalar orasida oq rangli UAZ «Patriot» saloni — eng salqin, qora «Mazda3» saloni — eng issiq bo‘lib chiqdi. Biroq gap faqat mashinalar kuzovlari qanaqa rangdaligida emas.

Misol uchun deyarli bir xil joyda oftob tig‘ida qoldirilgan kumushrang «Audi A6» va qora «Volkswagen Passat» mashinalari ichidagi harorat bir daraja farq qildi, xolos. Kamiga o‘sha «Passat» va xuddi shu rangdagi «Renault Talisman» saloni oxir-oqibat kumushrang «BMW E34»nikidan salqinroq bo‘lib chiqdi.

Tadqiqotchilar chiqargan xulosa oddiy, buning uchun murakkab hisob-kitoblar qilish ham shartmas. Rangidan qat’i nazar, mashinani oftob tig‘ida uzoq vaqt qoldirish yaramaydi. Agar shunga majbur bo‘lsangiz, unda mashinani quyosh ortdan tushadigan qilib qo‘ying. Quyosh nurlari torpedoga tushgan taqdirda (ayniqsa u qora plastikdan ishlangan bo‘lsa), old panel 80 darajagacha qizib ketishi va butun salon uchun pechka vazifasini bajarishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring