Qaysi hokimlar o‘zgarish qilayotgani aytildi
Prezident raisligida sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Global ishlab chiqarish va transport-logistikadagi uzilishlar, hamkor davlatlardagi inflyasiya sanoat ishlab chiqarish va eksport bo‘yicha rejalarni xavf ostida qoldirayotgani ta’kidlandi.
Bunday sharoitda har bir hokim va tarmoq rahbari mahsulotlar hajmini oshirish va eksportga yangi bozorlarni topish uchun har kuni bosh qotirib, qattiq ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qaysi viloyat, tuman hokimi o‘zi korxonalar bilan ishlab, muammosiga yordam berib, harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘zgarish bo‘layotgani qayd etildi.
Prezidentimiz yig‘ilishda o‘tgan yetti oyda yurtimizda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetganini ta’kidladi.
Bu ko‘rsatkich elektrotexnika sanoatida 46 foizni, yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 16 foiz, qurilish materiallarida 12 foiz, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11 foizni tashkil qilib, yuqori sur’atlarda o‘sdi.
Misol uchun, misni qayta ishlash 30 foizga va yuqori qo‘shilgan qiymatli maishiy texnikalar hajmi 36 foizga oshishi hisobiga jami 12,5 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ularning eksporti 25 foizga ko‘payib, 550 million dollardan oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter