Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»: ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilindi, chiptalar qaytariladi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»: ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilindi, chiptalar qaytariladi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi 2023-yilning 13, 14 va 15-sentyabr kunlari bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinishi haqida xabar qildi. Kompaniya axborot xizmatiga ko‘ra, bu texnik sabablar bilan bog‘liq.

Bekor qilingan qatnovlar, jumladan:

13-sentyabr kuni

  • 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi

14-sentyabr kuni

  • 3-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi
  • 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi
  • 80-sonli «Toshkent — Termiz» yo‘nalishi
  • 79-sonli «Termiz — Toshkent» yo‘nalishi
  • 682-sonli «Qumqo‘rg‘on — Sariosiyo» yo‘nalishi
  • 681-sonli «Sariosiyo — Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishi
  • 16/15-sonli «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi

15-sentyabr kuni

  • 3-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi

14-sentyabr kuni 760-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha harakatlanadi:

  • Toshkent 8:00 — Samarqand 10:08

Shuningdek, 759-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida poyezd Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi:

  • Samarqand 17:58 — Toshkent 20:08

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ushbu kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytarilishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring