Qat’iy karantin: Buyuk Britaniya yolg‘onchilarni 10 yilgacha qamamoqchi
Buyuk Britaniya koronavirus xavfining kuchayishi va mamlakatda kasallar sonining keskin oshishi tufayli karantin qoidalarini kuchaytirmoqda.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning aytishicha, qirollik hududiga kirishda yolg‘on gapirgan sayyoh 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Unga ko‘ra Britaniyaga kirishdan oldin «qizil ro‘yxat»dagi davlatlarga tashrif buyurgan odamlar haqiqatni yashirsa yoki COVID-19 uchun maxsus to‘ldiriladigan anketada bu haqda ma’lum qilmasa 10 yilgacha qamaladi.
Shuningdek, COVID-19 uchun majburiy testdan o‘tmaganlar 1000 funt jarima bilan jazolanadi. Qirollik hududida karantin qoidalarini buzgan fuqaro uchun 5 ming, takroran qoida buzganlar uchun esa 10 ming funt miqdorida jarima solinadi.
Hozirda Buyuk Britaniya hukumati COVID-19-19 qizil mamlakatlar ro‘yxatiga 33 davlatni kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Qirollik hududida koronavirusning ikkita yangi mutatsiyasi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter