Qatar-2022: Messi va Ronaldu to‘p suradigan stadion qurilishi yakunlandi (video)
Qatarda «Lusail» milliy stadioni qurilib bitkazildi. Shu nomdagi shaharda joylashgan ushbu o‘yingohda 2022-yilning 18-dekabr kuni jahon chempionati finali o‘tkaziladi, deb xabar berdi Euronews.
Tarixda birinchi marta futbol bo‘yicha jahon birinchiligi yozda emas, balki kuz va qishda bo‘lib o‘tadi. «Lusail» oldin rejalashtirilgan 80 ming o‘rniga 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
«Lusail»da kimlar o‘ynaydi?
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar JCh o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritganidan buyon mamlakatda ishlovchi 6 750 nafar janubiy osiyolik migrant vafot etgan. Ularning aksariyati 45 daraja va undan yuqori haroratda kuniga 10 soatlab davom etuvchi juda og‘ir mehnat sharoiti qurboni bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter