Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugunning ilk xushxabari Qashqadaryodan bo‘ldi

Bugunning ilk xushxabari Qashqadaryodan bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring