Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi YTHda ham maktab o‘quvchisi qurbon bo‘ldi

Qashqadaryodagi YTHda ham maktab o‘quvchisi qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida maktab o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, shahardagi 11-maktabning 1-«B» sinf o‘quvchisi O.I. joriy yil 19-aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to‘liq qatnashgan. Soat 12:35 atrofida o‘quvchi uyi yonidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda, yuqori tezlikda kelayotgan «Damas» avtomashinasi haydovchisi o‘quvchini urib yuborgan.

O‘quvchi zudlik bilan Shahrisabz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan o‘quvchi vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi qamoqqa olingan.

Elatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 26 yoshli haydovchi ikki o‘quvchining o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring