Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi «go‘sht operatsiyasi» noxush yakunlandi

Qashqadaryodagi «go‘sht operatsiyasi» noxush yakunlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan viloyat YHHB xodimlari bilan hamkorlikda «Umakay» YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Qarshi-Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring