Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 21.06.2023 13:51 da (21.06.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 08:51 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani. Zilzila koordinatalari: 39,03 gradus shimoliy kenglik; 66,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 5 km.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 313 km janubiy-g‘arbda.

Eslatib o‘tamiz, to‘rt kun muqaddam Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida zilzila kuzatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring