Qashqadaryoda yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasidagi o‘quvchini urib yubordi
Joriy yilning 15-may kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining «xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu YTHda tumandagi 37-maktabning 2-sinf o‘quvchisi (9 yosh) vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasida Ko‘kdala tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Haydovchiga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter