Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yog‘li ish»ga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

«Yog‘li ish»ga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O‘. fuqaro Ya.E.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.E. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutiga  o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring