Qashqadaryoda yangi qurib bitkazilgan choyxona yonib ketdi

Kecha, 13 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 13 avgust kuni soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi «Xo‘jaobod» MFY Xo‘jaobod qishlog‘i hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, ekipaj soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan (oraliq masofa 1 kilometr) va soat taxminan 22:30 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tadbirkor S.T ga qarashli choyxonaning 260 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib ketgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter