Qashqadaryoda sodir bo‘lgan ayanchli YTHda yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tuman Toshqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi «Qarshi-Talliqo‘rg‘on-Kasbi-Jeynov» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 7 kishi vafot etgan.
Bu haqda Kasbi tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, katta tezlikda kelayotgan «VAZ 21-01» avtomashinasi va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan katta tezlikda harakatlanayotgan «Neksiya» avtomashinasi bir-biri bilan to‘qnashadi.
Yana ikki nafari shifoxona to‘shagida hayot uchun kurashmoqda.
Eng achinarlisi vafot etganlarning ikki nafari go‘daklar, biri 1 yoshli yana biri esa 4 yoshli. Qolganlari hali 40 yoshga ham yetmagan shaxslar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter