Qashqadaryoda sifatsiz armatura mahsuloti aniqlandi. «O‘zstandart» murojaat bilan chiqdi
Qashqadaryo viloyatida sifatsiz armatura mahsuloti aniqlandi. «O‘zstandart» agentligi bu bo‘yicha quruvchi va pudratchi tashkilotchilarga murojaat bilan chiqqan.
Respublika hududida sifatsiz mahsulotlarni realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida agentlik huzuridagi Departament tomonidan Qarshi shahridagi qurilish ob’yektlarida ishlatilayotgan Eron davlatida ishlab chiqarilgan «SFK» rusumli A III, 400 8 diametrli armatura mahsuloti «Uzilishga chidamligi» ko‘rsatgichi «Metall mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq emas.
Armatura amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter