Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda shifoxona zinasi ostiga chaqaloq tashlab ketildi

Qashqadaryoda shifoxona zinasi ostiga chaqaloq tashlab ketildi

Joriy yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo‘limi binosining ikkinchi qavatga ko‘tarilish zinasining tagiga noma’lum shaxs tomonidan chaqaloq tashlab ketilgan.

O‘sha zahotiyoq Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar berilgan va hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda tug‘ilganiga yigirma kun bo‘lgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.

«Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan, sog‘lom.

Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring