Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtoyo‘lining 85-kilometrida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi.

Xabarda aytilishicha, 21-fevral soat 16:48 da yuk mashinasi haydovchisi salonda yong‘in hidini sezib, mashinaning kuzov qismida yong‘in boshlanganini ko‘rgan va hududiy FVBga xabar bergan.

Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan. Soat 17:20 da yong‘in to‘liq o‘chirilib, avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa ovibatida jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring