Qashqadaryoda o‘zbeklarni haqoratlagan hindga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
![Qashqadaryoda o‘zbeklarni haqoratlagan hindga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi](https://static.xabaruz.com/crop/6/9/720_460_95_695837113.jpg)
Hindistonda tug‘ilgan shaxs O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Indorama agro» MChJ viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram messenjeridagi guruhda «Rahul» nomli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi-xodimlarni haqorat qilib, bir qancha ishchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lganligini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida messenjerda haqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Hindistonda tug‘ilgan, hozirda «Indorama agro» MChJda ishlovchi xodim K.R. ekanligi aniqlangan.
K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter