Qashqadaryoda muqaddam qamalgan «bloger» yana qo‘lga olindi
G‘uzor tumanida yashovchi M.Sh. (blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanadi) fuqarolarga mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan.
21 fevral kuni u 3 sotix yerni olib berish evaziga fuqaro E.O.dan 7 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bloger muqaddam Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) va 164-moddasi (bosqinchilik) jinoyatlarini sodir etganlik uchun sud hukmi bilan 10 yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik), 25-211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter