Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda kuzatilgan «yirik o‘sish»ga izoh berildi

Qashqadaryoda kuzatilgan «yirik o‘sish»ga izoh berildi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan 161 nafar yangi bemor qayd etilganini e’lon qildi.

Xo‘sh, bunchalik keskin o‘zgarishning sababi nima? Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kasallanganlar haqida ma’lumot berdi. 

Bemorlarning 127 nafari viloyatning G‘uzor tumanida barpo etilayotgan, sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Uzbekistan GTL» zavodi qurilishida ishtirok etayotganlar orasidan aniqlangan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli karantinga olingan edi. 

Ma’lumot uchun, ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 2793 nafar fuqaro karantinga olingan. Shundan 576 nafari statsionar, 2217 nafari uy karantinida tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring