Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 40 dan ortiq echkiemarning terisini shilib olgan shaxsga jazo tayinlandi

Qashqadaryoda 40 dan ortiq echkiemarning terisini shilib olgan shaxsga jazo tayinlandi

Qashqadaryo viloyati ekoboshqarmasi hamda IIB xodimlari tomonidan 2023-yilning 14-iyun kuni Kasbi tumanida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy fuqarolardan birining yashash xonadonidan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlash holati aniqlangan.

Surishtiruv-tekshiruv ishlari natijasida ushbu shaxsning jonzotlarni vaxshiylik bilan o‘ldirib, terisini shilib olayotgani aniqlangan. Uning xonadonidan tutqunlikda saqlanayotgan 20 ta echkiemar va 43 ta echikiemarning terisi topilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.Idan 20 ta tirik echkiyemar va 43 ta echkiyemarning terisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli tartibda huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 mln 850 ming so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tirik qolgan 20 ta bo‘z echkemar o‘zining yashash muhiti bo‘lgan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring