Qashqadaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlangani aytilmoqda
Salom Samadov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlangani aytilmoqda. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lumot berdi.
Samadov 2018-yil oktyabr oyidan buyon Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgandi.
Agar ushbu xabar rasman tasdiqlansa, bu S. Samadovning ikkinchi marta shu viloyat prokurorligiga tayinlanlanishi bo‘ladi. U 2014 -2017-yillarda ham Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimada faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoning avvalgi prokurori Erkaboy Tojiyev Qoraqalpog‘istonga o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter