Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarzdor «TESLA»sidan ayrilishi mumkin

Qarzdor «TESLA»sidan ayrilishi mumkin

«Kapital bank» ATBdan jami 292 mln so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi bo‘lgan «A.S.W.» MChJ o‘zining qimmatbaho elektromobilidan ayrilishi mumkin.

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining bu haqdagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Shunga o‘ra, qarzdor tashkilotga ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan. Ammo belgilangan muddatda qarz to‘lanmaganligi sababli davlat ijrochisi D.Ziyatov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Olib borilgan harakatlar jarayonida  16.04.2024 yilda garovdagi «TESLA MODEL S85» avtotransporti vositasi xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Hozirda mazkur avtotransport vositasini elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilib, savdolardan tushgan pul mablag‘larining ma’lum qismi qarzdorlikni qoplash uchun bank foydasiga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring