Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi xonadondan «chaqirilmagan mehmon» tutildi

Qarshidagi xonadondan «chaqirilmagan mehmon» tutildi

Foto: FVV

Qashqadaryo viloyati qutqaruvchilari ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilonni olib chiqishdi.

FVV axborot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu hodisa Qarshi shahrida joylashgan xonadonlarning birida yuzaga keldi. A.X. ismli fuqaro soat 17:45da viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar va «chaqirilmagan mehmon»ni tutib, xavfni bartaraf qildilar. Hozirda ilon tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring