Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in chiqdi

Qarshidagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in chiqdi

Foto: «dpchas.com»

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 25-dekabr kuni Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in shifokorlar tomonidan o‘chirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv ishlari natijasida yong‘in elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo‘yilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring