Qarshida qo‘shmachi fosh qilindi
Nishon tumanida ro‘yxatda turib, Qarshi shahar «Cho‘lquvar» MFYda ijarada yashab kelayotgan M.R. boshqa fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB ma’lum qildi.
U joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 18:40larda I.G. va A.D.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan joy berish evaziga 100 ming so‘m pullarni olgani viloyat IIB xodimlari tomonidan fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter