Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimlari kiyimini kiyib, tik-tokka video joylaganlar sud qilindi

IIB xodimlari kiyimini kiyib, tik-tokka video joylaganlar sud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining YHXB formasini kiyib video olgan qiz va yigitlar jazolandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi. 

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh., X.X.lar qonun bilan qo‘riqlandigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Bu holat qonunda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha yuzasidan to‘plangan hujjatlar yaqinda JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat O‘z R. MjTKning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalanib, YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari va haydovchi va YHXB inspektori vazifasi bajargan yigitlar Ya.Sh. X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring