Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi shahar hokimi o‘zini 75 million so‘m bilan rag‘batlantirdi

Qarshi shahar hokimi o‘zini 75 million so‘m bilan rag‘batlantirdi

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini rag‘batlantirish uchun 75 million so‘m mablag‘ ajratish haqida qaror chiqardi.

Ushbu qaror 2023 yilning 25 avgust kuni shahar hokimi Normo‘min Xolboyev tomonidan imzolangan bo‘lib, mazkur hujjat «E-qaror» elektron tizimiga joylashtirilgan.

«Qarshi shahar hokimligining 2023 yildagi zaxira  jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shahar hokimligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatgichiga ko‘ra viloyat miqyosida «Eng tashabbuskor sektor» deya e’tirof etilgan Qarshi shahar 1-sektor rahbarini rag‘batlantirish xarajatlariga 75 million so‘m mablag‘ ajratilsin», – deyiladi qarorda.

Hokimlikning ta’kidlashicha, mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 536-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Nizomga asosan «Eng namunali sektor» va «Eng tashabbuskor sektor»ni aniqlash hamda g‘olib bo‘lgan sektorlarni moddiy rag‘batlantirish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibga ko‘ra, viloyat hokimligining 2023 yil 1 martdagi yig‘ilish bayoniga asosan 2022 yil yakuni bo‘yicha samaradorligi yuqori baholangan sektor rahbarlari orasida Qarshi shahar 1-sektor rahbari viloyatda eng yuqori ko‘rsatkichga ega sektorlar uchligiga kiritilib, «Eng tashabbuskor sektor», deb e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring