Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida ekologiya boshqarmasi noroziligiga qaramasdan daraxtlar kesib tashlandi

Qarshida ekologiya boshqarmasi noroziligiga qaramasdan daraxtlar kesib tashlandi

Qarshi davlat universitetida hovlisidagi 267 543 000 so‘mlik daraxtlar kesib tashlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqda Qarshi davlat universitetda ko‘plab daraxtlarning kesilganligi to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan 2022 yil 13-15 yanvar kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Qarshi davlat universiteti tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilinganligi, o‘z navbatida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatlarga rad javobi berilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlar natijasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganligiga qaramasdan jami 38 tup daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olindi. Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 267 543 000 so‘m miqdorida hisoblandi.

Huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring