Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani elektromontyori baxtsiz hodisa sabab halok bo‘ldi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lum qilishicha, 2022 yil 5 oktyabr kuni «Qashqadaryo HETK» AJ G‘uzor TETK tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/10 kVli «G‘armiston» PSdan chiquvchi 10 kVli «G‘uzor-Sovbog‘» fiderining «Mikop» shoxobchasi avariyadan so‘ng qo‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, soat 14:30 atrofida fiderga kuchlanish berilgan.
Biroq tezkor brigada xodimlari naryaddan tashqari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda, 110/10 kVli «G‘uzor» PSdan chiquvchi 10 kVli «Oxunboboyev» fiderining 36-tayanchidan iste’molchi balansida bo‘lgan tayanchga o‘tadigan simlarni yechishga uringan vaqtda elektromontyor G‘.B. kuchlanish ostiga tushgan.
Tezkor brigada tomonidan jabrlangan G‘.B. tayanchdan tushirib olinib, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda tez yordamga xabar berilgan. Yetib kelgan tez yordam shifokorlari kuchlanish ostiga tushgan elektromontyorni ko‘rikdan o‘tkazganda, uning vafot etganligi ayon bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter