Qariyalar uyida koronavirusning atipik alomatlari aniqlandi
Sharqiy Angliya universiteti olimlari keksalarda COVID-19 kechishini tahlil qilib, ularning aksariyatida kasallikning atipik alomati kuzatilgan, degan xulosaga kelishdi. Tegishli tadqiqot natijalari medRxiv portalida chop etildi.
7-apreldan 29-iyungacha qariyalar uyidagi bemorlar nazoratga olingan. Aniqlanishicha, test natijalari musbat chiqqan 103 ta bemordan atigi 38 nafarida koronavirusning standart alomatlari qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, 54 kishida xastalikning hech qanday alomatlari kuzitlmagan. Yoki ular virusni yuqtirgandan so‘ng ikki hafta o‘tgach namoyon bo‘la boshlagan.
Shunga qaramay, koronavirusga chalinganlarning ko‘pchiligi «noxushlikni» va «umumiy nosog‘lom holatni» his qilishgan. Olimlar ularni COVID-19ning «atipik» alomatlari toifasiga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter