«Qani madaniyat, qani xizmat etikasi?»
— Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘ldi, xodim o‘zi tezlik bilan kelayapti, yana peshgirlik qilayapti. Bir oddiy fuqaro, mayli maktab direktori ekan, unga tanbeh bermoqchi bo‘lsa, u o‘zini ko‘rsatayapti. Qani madaniyat, qani xizmat etikasi? Ichki ishlar xodimi kasb etikasining eng cho‘qqisida turish kerakmasmi? — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uchinchi sektor rahbari Rahmat Mamatov ishtirokida Nurobodda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z bordi.
— Har bir tumanda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida xodimlar egallab turgan lavozimidan olinayapti, ichki ishlar tizimidan ketkazilayapti, — dedi Rahmat Mamatov. — Joriy yilning sakkiz oy davomida Nurobod tumanini xavfsiz va jinoyatlarsiz hududga aylantirish maqsadida mutasaddilar tomonidan aniq rejalar ishlab chiqilmagan, sodir etilgan jinoyatlarning ayrimlari fosh etilmagan, ish hujjatlari yuritilishi qoniqarli emas.
Muhokama doirasida yo‘l ulov hodisalari ko‘paygani, bu hodisalarni kamaytirish uchun aniq reja va dasturlar ishlab chiqilishiga alohida urg‘u berildi. Vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan xodimlar egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Nurobod tuman ichki ishlar mas’ul rahbarlari qattiq ogohlantirilib, ayrim xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter