Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qandli diabetning yangi mumkin bo‘lgan sababi topildi

Qandli diabetning yangi mumkin bo‘lgan sababi topildi

Foto: Gazeta.ru

Vashington universiteti olimlari gipotalamusdagi haddan tashqari faol AgRP neyronlari 2 toifa diabet rivojlanishida asosiy rol o‘ynashini aniqladilar. Ushbu hujayralar faolligining oshishi kasallik uchun ortiqcha vazn yoki tanadagi insulin regulyasiyasining buzilishidan ko‘ra muhimroq xavf omili bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari Journal of Clinical Investigation (JCl) jurnalida chop etildi.

Umuman olganda, 2-toifa diabetning asosiy sababi insulin qarshiligi (hujayralarning insulinga reaksiyasining zaiflashishi) hisoblanadi. Uning rivojlanish xavfiga ovqatlanish, turmush tarzi, jismoniy faollik, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, homiladorlik va balog‘at yoshi ta’sir qiladi. Biroq, yangi tadqiqot ushbu mexanizmning asosiy roliga shubha tug‘diradi.

Tajribada olimlar virusli gen yordamida diabetga chalingan sichqonlarda AgRP neyronlarining signallarini bloklashdi. Natijada, shakar darajasi normal holatga qaytdi, hayvonlarning tana vazni va ishtahasi o‘zgarishsiz qoldi. Bu diabet asosan semizlik va insulin qarshiligi tufayli rivojlanadi degan umumiy farazni shubha ostiga qo‘yadi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, ba’zi zamonaviy diabet preparatlari, shu jumladan Ozempik ham ushbu neyronlarga ta’sir qiladi, garchi bu mexanizm hali yetarlicha o‘rganilmagan. Keyingi tadqiqotlar davomida olimlar AgRPneyronlari nima uchun giperaktiv bo‘lib qolishini va ularning faoliyatini xavfsiz boshqarish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlashni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring