Qandli diabetning keksalar uchun yashirin xavfi aniqlandi
Pekin tibbiyot kolleji shifoxonasi olimlari qand kasaliga chalingan keksalarda sarkopeniya — skelet mushaklari qurishi xavfi yuqoriligini aniqlashdi, bu nogironlikkacha olib kelishi mumkin.
Tadqiqotda qatnashgan ikkinchi toifali qandli diabetga chalingan 244 nafar keksa bemorning salomatligidagi o‘zgarishlar 5,6 yil davomida kuzatib borildi.
Tadqiqotdan so‘ng qatnashchilarning 25,4 foizida sarkopeniya aniqlangan. Sarkopeniyaga uchramaganlarga nisbatan, bunday bemorlarda og‘ir nogironlikka yo‘liqish xavfi 4,7 baravar, davolanish uchun shifoxonaga qaytish ehtimoli 1,7 baravar, har qanday sababdan o‘lim xavfi 2,3 karra yuqori bo‘lgan. Sarkopeniyaga uchragan diabetiklar ishtaha yo‘qolishi va siydikni tuta olmaslik kabi asoratlarga ham ko‘proq uchragan.
Doktor Lin Kang (tadqiqot rahbari) sarkopeniyani erta aniqlash va davolash qandli diabetli keksalarni azoblar va erta o‘limdan qutqarishi mumkinligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter