Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksa yaponlar qamoqdan chiqishni istashmayapti

Keksa yaponlar qamoqdan chiqishni istashmayapti

Foto: CNN

Yaponiyada umrini qamoqxonada o‘tkazishni istovchi keksalar soni oshmoqda. Mamlakatning eng yirik Totigi ayollar qamoqxonasi mahkumlarining ko‘pchiligi keksalardir, deb yozdi SNN.

Qo‘riqchilarning aytishicha, keksa mahkumlar yolg‘izlikdan qo‘rqishadi, shu bois panjara ortida qolishni istashadi.

«Hatto bu yerda bir umr yashash uchun (imkoni bo‘lsa) oyiga 20-30 ming iyena ($130-190) to‘lashga rozilar ham topiladi», — ayollar qamoqxonasi xodimi Takayeshi Siranaga.

Tokiodagi Totigi ayollar qamoqxonasi. Foto: CNN

Qamoqxonada mahkumlar muntazam ovqatlantiriladi, tibbiy yordam bepul, qarov va muloqot bor, ozodlikda esa bunaqa sharoit doim ham bo‘lavermaydi.

«Bu qamoqxonaning odamlari juda yaxshi. Balki men uchun eng tinch joy shu bo‘lsa kerak», — dedi ovqat o‘g‘irlagani uchun jazoni o‘tayotgan 81 yoshli ayol.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan yaponiyaliklarning 20 foizi qashshoqlikda kun kechiradi. Aksariyat odamlar jon saqlash uchun ham qamoqxonaga tushishmoqda, dedi Siranaga.

«Sovuq yoki ochlik odamlarni qamoqxonaga boshlab keladi. Mahkumlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi, ozodlikda esa o‘zlari to‘lashlariga to‘g‘ri keladi, shu sababli ayrimlar imkon qadar bu yerda uzoqroq qolishni istashadi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring