Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yil 1-apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi?

2021-yil 1-apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi?

Foto: Xabar.uz

Soliq imtiyozlarini optimallashtirish jarayoni davom etmoqda, deb yozadi «Norma».

Qayd etilishicha, 2021-yil 1-apreldan boshlab Prezidentning 14.03.2007-yildagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3860-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotadi.

Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi to‘xtatiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning 5 yil mobaynida ishlab chiqarishni kengaytirishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni so‘ndirish xarajatlariga hamda lizing ob’yekti qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan investitsiya summalariga foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish huquqiga doir imtiyoz bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida foyda solig‘i doirasida quyidagi miqdorlardagi investitsiyaviy chegirma nazarda tutilgan:

  • yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 10%i miqdorida;
  • ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasining 5%i miqdorida.

SK 317-m. 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi, u quyidagilar amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi:

  • yangi texnologik uskunani ishga tushirilgan;
  • o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan (SKning 308-moddasiga qarang).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring