Qanday holatlarda go‘sht sotilishiga ruxsat berilmaydi?
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali qanday hollarda go‘sht sotilishiga ruxsat berilmasligini eslatdi. Unga ko‘ra:
- so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
- go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;
- veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
- ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
- veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
- oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
- xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
- veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter