Qamoqxonalarda 34 ming nafarga yaqin shaxslar ovoz beradilar
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda hududlarda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarining xavfsiz o‘tishi, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil qilingan saylov uchastkalari haqida ma’lumot berildi.
Qayd etish lozimki, joriy yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga asosan, avvalgi saylovlardan farqli ravishda, jazoni ijro etish muassasalarida ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham bu yilgi saylovda ishtirok etmoqda.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 33 753 nafar shaxs saylovda ovoz berish huquqiga ega. Ularning mazkur qonuniy huquqini ta’minlash uchun Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Har bir mahkumning saylovda ishtirok etish huquqi to‘liq ta’minlangan.
Shuningdek, saylovoldi kampaniyasi paytida qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan nomzodlarning ishonchli vakillari jami 272 ta tadbirlar tashkil qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter