Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqxonada 22 yil o‘tirgan mahbus ozodlikka chiqadigan kuni qochib ketdi

Qamoqxonada 22 yil o‘tirgan mahbus ozodlikka chiqadigan  kuni qochib ketdi

Rossiyaning Irkutsk shahri Markova posyolkasida takroriy jinoyat sodir etgan, qotillikda ayblanib, yigirma yildan ortiq axloq tuzatish muassasasida jazoni o‘tayotgan shaxs koloniyadan qochib ketdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, erkakning jazo muddati tugashiga bir necha soatlar qolganda qochib ketgan, deb xabar beradi ria.ru yangiliklar nashri.

Voqea IK-19 koloniyasida sodir bo‘lgan. U yerda mahkumlar hudud bo‘ylab nisbatan erkin harakatlanadi.

Qochgan mahbus 2001 yilda qotillikda ayblanib qamalgan va jazoni o‘tay boshlagan. Erkak  qamoqdan qochgan kuni rasman ozod etilishi kerak edi. Endi uni yangi – to‘rt yillik qamoq jazosi kutmoqda.

Jinoyatni takroran sodir etgan shaxs qidirilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring