Qamchiqda 40 daqiqa oralig‘ida ikkita YTH yuz berdi
Kuni kecha, «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil’ yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 227-kilometrida 40 daqiqa oralig‘ida ikkita YTH yuz bergan.
Birinchi holatda «MAN» yuk avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi tufayli yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan yordamga yetib kelgan. Maxsus asbob-uskunalar yordamida yuk mashinasi xandaqdan chiqarib olingan.
Taxminan 40 daqiqadan so‘ng, ikkinchi yo‘l-transport hodisasi deyarli aynan shu yo‘nalish qismida sodir bo‘ldi.
«COBALT» haydovchisi transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda yo‘l harakati xavfsizlik qoidalarini buzgan. Natijada ikkala transport vositasi ham xandaqqa tushib ketgan. Bir necha daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etdilar.
Har ikkala holatda ham haydovchilar va yo‘lovchilarga jarohat yetmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter