Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida yuk mashinalari YTHga uchradi (foto)

«Qamchiq» dovonida yuk mashinalari YTHga uchradi (foto)

Foto: FVV

Kuni kecha «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lining 233,7 km.da «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «SAMS» rusumli yuk mashinasi yo‘l qoidalariga amal qilmasligi natijasida yo‘l o‘rtasidagi metall to‘siqqa qisilib qolganligi bo‘yicha xabar kelib tushadi.

Foto: FVV

Bundan tashqari, yana bir yuk mashinasining boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketganligi to‘g‘risida murojaat qabul qilingan. U, Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli «DAF» rusumli yuk mashinasi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ikki holatda ham hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.

Foto: FVV

Mazkur xabar yuzasidan, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish, xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida «Qamchiq» dovonidagi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 20 dan ortiq xodimlar, «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining 10 dan ortiq qutqaruvchilari va 5 ta maxsus texnika voqea joyiga yetib bordi. Maxsus asbob-anjomlar yordamida metall to‘siqlar kesib olinib, ikkala yuk mashinalari ham xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib yo‘l harakatlari qayta tiklandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring